MEHNAT - BAXT KELTIRADI
Halol mehnat hech qayda gunoh emas.
Abay.
* * *
Hamma illatlardan eng yomoni - bekorchilikdir.
A. K. Bakixonov.
* * *
Inson mehnat bilan fazilatlidir.
V. G. Belinskiy.
* * *
Bekor yurish - illatning onasi, g'urbatning makonidir.
D. Veras.
* * *
Mehnat bizni uchta zo'r falokatdan: g'amginlik, illat va muhtojlikdan xalos qiladi.
F. Volter.
* * *
Men mehnatning nimaligini bilaman: bu yer yuzida barcha shod-xurramlik, barcha yaxshiroq narsalarning manbaidir.
A. M. Gorkiy.
* * *
Ne mehnat bor anikim rohati yo'q,
Ne nakbatkim so'nginda davlati yo'q?
Lutfiy.
* * *
Yaxshi nomni mehnat bilan orttirish kerak, yaxshi nom chiroylik so'zlar uchun, va'dalar uchun berilmaydi, balki mehnat natijasi uchun, mehnatga astoydil qo'yilgan mehr uchun beriladi.
I. D. Leonov.
* * *
Jafo chekmay kishiga rohat o'lmas,
Agar kuymas o'tiga, jo'r urmas.
Chu dehqon chekmasa javru jafosin,
Emishlarning kishi ko'rmas vafosin.
Majlisiy.
* * *
Siz odamni mehnat qilishga har qancha majbur etishingiz mumkin, lekin, agar siz shu bilan bir vaqtda uni siyosiy va axloqiy jihatdan tarbiyalamasangiz, agar u ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etmasa, bu mehnat hech qanday ijobiy natija bermaydigan shunchaki neytral protsess bo'lib qoladi.
A. S. Makarenko.
Bir diram olmoq chekibon dast ranj
Yaxshiroq andinki birov bersa ganj.
* * *
O'zingni mehnat kuni ovuting,
Ne g'am kelsa davrondin, oson tuting.
Alisher Navoiy.
* * *
Men kerakli ishni qilayapman, mening ishimni kutayaptilar, men foyda keltirayapman deb aytish huquqiga sazovor bo'ling.
V. A. Obruchev.
* * *
Mehnat barcha kasalliklarni davolaydi. Mehnatdan ko'ra quvonchliroq narsa yo'q.
N. Ostrovskiy.
* * *
Mehnat - kurashdir, kurash - halovatdir.
Romen Rollan.
* * *
Gar eshak xoru betamiz o'ldi,
Yuk ko'tarmak bila aziz o'ldi,
Garchi hayvonlar ichradur adno.
Lek zolimdin afzalu a'lo.
Sa'diy Sheroziy.
* * *
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa tortmas ersa ranj.
A. Firdavsiy.
* * *
Kel ey g'aflatni tark et, ko'z ochib baxt izla, mehnat qil,
Belingni bog'la, g'ayrat birla mehnatga muhabbat qil,
O'zingni, mehnatingni o'zga yalqovlarga ibrat qil.
Z. Habibiy.
* * *
G'ayrat: men to'xtamay jadal yurdim, der
Mehnat: ekkanimni barvaqt terdim, der.
Bilim: mushkullarni tez emirdim, der.
Uch do'stning kuchidan o'lka bahra yer.
M. Shayxzoda.
* * *
Pul yo'q deb qayg'urma, ish yo'q deb qayg'ur.
Boshqird maqoli.
* * *
Mehnat hayot chirog'iga yog' quyadi, tafakkur esa uni yoritadi.
Ingliz maqoli.
* * *
Ko'z yoshi to'kib ariq qazisang, kulib-kulib suv ichasan.
Qozoq maqoli.
* * *
Ko'p ishlovchi ko'p yashaydi.
Osetin maqoli.
* * *
Oltin o'tda, odam mehnatda sinaladi.
* * *
Mehnat birla inoqlashsang,
Tan og'rig'in ko'rmassan.
Tojik maqollari.
* * *
Mehnatim bor, qadrim bor,
Har yerda obro'yim bor.
* * *
Birni birov beradi,
Ko'pni - mehnat.
* * *
Tekinning minnati ko'p,
Mehnatning ziynati ko'p.
* * *
Mehnat qilib topganing,
Qandu asal totganing.
* * *
Mehnatdan do'st ortar,
G'iybatdan - dushman.
* * *
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
* * *
Mehnat qilmasa bo'ston qayerda,
Bo'stonlar haqida doston qayerda?
* * *
Odam qo'li gul - cho'lni bo'ston qiladi.
* * *
Odamni po'stin emas, ish qizdiradi.
* * *
Mehnating - zebu ziynating.
* * *
Xazina g'oyibdan emas, mehnatdan.
* * *
Ish bor yerda - osh bor.
* * *
Ishlagan - xor bo'lmas.
* * *
Non emoqchi bo'lsang, o'tin tashishdan erinma.
* * *
Mehnat bilan har kishi etgay murodga.
* * *
Qimirlagan qir oshar.
O'zbek maqollari.
* * *
Oldingda ulug' maqsad turgan bo'lsa - mehnat senga dam beradi.
Eron hikmati.
* * *
Ishla bolam! Qarilik sendan yoshliging qayerda edi, deb so'raydi.
Yugoslav maqoli.
Объяснение:
manaşu otveti
Популярные вопросы