Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Shuning uchun biz suvni har bir tomchisini ham ardoqlab uni isrof qilmasligimiz kerak. Bularning hammasiga shukur qilib yashash kerak!
Популярные вопросы