Rus tiliga perevod qiling OQILONA JAVOB
Alisher Navoiy Xuroson hokimi Husayn Boyqaro sa-
royida bosh vazir ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning
maslahatlariga quloq solar edi.
Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga
kirish oldidan Navoiyga ko'rsatkich barmog'i bilan boshini
koʻrsatibdi. Navoiy ham xuddi o'sha barmog'i bilan tilini
ko'rsatibdi.
Husayn Boyqaro boshini chayqabui-da, saroyga kirmay,
iziga qaytibdi.
Voqeani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari bu imo-
ishoralarning ma'nosini so'rashibdi. Navoiy bu jumboqni
yechishni ularning o'zlariga havola qilibdi. Shogirdlar o'ylab-
o'ylab topisholmabdi. Shogirdlardan biri Navoiyni gapga
solish maqsadida siyohdonni ag'darib yuboribdi.
Shunda Navoiy
Abdullatif, xayolingiz nega buncha parishon bo'lib
qoldi? Siyohdon ag'darildi-ku, - debdi.
Kechiring, ustoz, uzr so'rabdi Abdullatif, haligi
muammoning sababini o'ylab...
Navoiy boyagi imo-ishora ma'nosini aytishga majbur
bo'libdi:
Husayn „Boshga baloni nima keltiradi?" deb so'ragan
edi. Til", deb javob qildim.
Shogirdlari Navoiyning ziyrakligiga qoyil qolishibdi.
,,Kitobim oftobim"dan
Другие вопросы по: Другие предметы
Знаешь правильный ответ?
Rus tiliga perevod qiling OQILONA JAVOBAlisher Navoiy Xuroson hokimi Husayn Boyqaro sa-royida bosh v...
Популярные вопросы